Shuningdek qarang
Mumtoz monetar pul nazariyasi nuqtai nazaridan mablag'larni yo ishlatishga, yoki saqlab qo'yishga yo'naltirish mumkin. "Bankaga" deb nomlanuvchi oddiy pul to'plash aslida iqtisodiyotdan moliyaviy mablag'larni aslida olib qo'yadi, bunday olib qo'yish qancha ko'p bo'lsa, navbatdagi tanazzulning vujudga kelishi shunchalik aniq bo'ladi. Investitsiyalash esa fuqarolarning mablag'larini iqtisodyotga jalb qiladi.
Investitsiyalarni baholashning asosiy mezonlari ikkita o'zaro bog'liq parametr: risk va daromad hisoblanadi. Odatda, xavf qancha katta bo'lsa, u holda investitsiyalashdan kutilayotgan daromad ham shuncha yuqori bo'ladi.
Investitsiya xavfining kattaligi dastlab qo'yilgan kapitalni yo'qotilishi mumkin bo'lgan ehtimolga, shuningdek nazarda tutilayotgan daromadni ko'rsatadi.
Investitsiya kiritish ob'ektlari bo'yicha iqtisodchilar investitsiyalarning quyidagi guruhlarini ajratishadi: haqiqiy, moliyaviy va spekulyativ (aktivlarni sotib olish, buning oqibatida narx o'zgarishi mumkin bo'ladi).
Investitsiya kiritish ob'ektlari bo'yicha iqtisodchilar investitsiyalarning quyidagi guruhlarini ajratishadi: haqiqiy, moliyaviy va spekulyativ (aktivlarni sotib olish, buning oqibatida narx o'zgarishi mumkin bo'ladi.
Dunyo o'zgarmoqda, investitsiya rejalashtirishga strategik yondashuvlar ham o'zgarmoqda. Jahon investitsiya jarayoniga tubdan ta'sir ko'rsatgan fundamental hodisalardan biri elektron tijorat va savdoning mumkin bo'lgan barcha shakllarining dunyo elektron to'ridan foydalangan holdagi xilma-xilligi bilan "virtual" iqtisodiyotni yaratish bo'ldi. Bugungi kunda na elektron mijozlar bilan, na elektron birjalar va investitsiya fondlari bilan hech kimni hayron qoldirib bo'lmaydi. Uyidan chiqmasdan turib har bir kishi investor ham, birja treyderi ham bo'lishi mumkin bo'lib, shu tarzda globallashuvchi va cheksiz jahon iqtisodiyotida ishtirok etadi.
Har qanday investitsiya loyihasi o'zicha noyobdir – buni har bir investor juda yaxshi tushunadi, shuning uchun biz yashayotgan va ishlayotgan, tez o'zgaruvchi makonda investitsiya jarayoni ham vaqt bilan hamohang bo'lishi kerak.
Keyingi vaqtlarda etakchi brokerlik kompaniyalari professonal treyderlarga ham, yangi ish boshlovchi investorlarga ham bor imkoniyatlarini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun PAMM-tizim xizmatini taklif etmoqdalar. Ishonch bildiruvchi - investorlar tomonidan aktivlar ustidan yanada qulay nazorat o'rnatish uchun xalqaro onlayn foreks-broker InstaForeks kompaniyasi valyuta bozorida savdo qilish uchun yangi vosita - PAMM hisob-varag'ini yaratdi.
PAMM-investitsiyalashning barcha nozikliklari va ikir-chikirlarini aniqlash uchun "Birja etakchisi" jurnali muxbiri InstaForeks kompaniyasining rivojlartirish bo'yicha direktori - Sirov Vladimir Anatolevichga intervyu doirasida bir qator savollar berdi:
Savol: Rossiya moliya bozori uchun PAMM-tizimlar va PAMM hisob-varag'i tushunchalari ancha yangidir. Bu yangi vositalarning o'zi to'g'risida va ular Sizning kompaniyangizning internet-treydingga qay tarzda joriy qilingani to'g'risida mufassalroq gapirib bera olmaysizmi?
Javob:PAMM-tizimining ishlash mohiyati treyderning boshqa treyderlardan investitsiya olish imkoniyati yoki o'z mablag'larini begona savdo hisob-varag'iga unda biror ulushga ega bo'lish yo'li bilan investitsiya qilish imkoniyatidan iborat.
Shunday qilib, investorlar PAMM-tizimining imkoniyatlaridan boshqaruvchi treyderlar tomonidan amalga oshirilgan bitimlardan foyda olish maqsadida foydalanadilar.
PAMM-tizimning ishlashi doirasida barcha investitsiyalar va o'tkazmalar InstaForeks kompaniyasi tomonidan avtomatik tarzda nazorat qilinadi, bu esa uning barcha ishtirokchilariga xavfsizlikni, shaffoflikni va tizim ichidagi barcha operatsiyalarning hisobga olinishini kafolatlaydi.
O'z mohiyatiga ko'ra PAMM hisob-varag'i investorlarning umumiy mablag'larini ishonchli boshqarishning shakllaridan biri hisoblanadi, unda InstaForeks broker-kompaniya ulushni hisobga olishni amalga oshiradi, u barcha treyderlarga bir xil huquqni ta'minlaydi va istagan paytda umumiy mablag'larning ularning har biriga alohida tegishli bo'lgan qismini ajratib olishga imkon beradi. Savdo davri tugagandan so'ng PAMM hisob-varag'ida olingan foyda bu hisob-varag'i ishtirokchilari o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi, boshqaruvchi treyder esa o'z faoliyati uchun shartnomada belgilangan mukofotni oladi, bu mukofot o'tgan hisobot davri uchun umumiy foydadan foiz hisobida ifodalashnishi mumkin.
Savol: Men Sizni to'g'ri tushundimmi, ishni endi boshlagan investorlar va professional treyderlar bitta PAMM hisob-varag'ida ishlashadimi?
Javob: Ham ha, ham yo'q. Agar jiddiy gapiradigan bo'lsak, bizning kompaniyada PAMM hisob-varaqlari ikki turga bo'linadi: Investorning PAMM hisob-varag'i va Treyderning PAMM hisob-varag'i. Investorning PAMM hisob-varag'i faqat Treyderlarning PAMM hisob-varaqlariga investitsiya mablag'larini kiritishi mumkin. Treyderning PAMM hisob-varag'i esa faqat PAMM investorlarning hisob-varaqlaridan investitsiyalarni qabul qilib olishi mumkin. InstaForeks kompaniyasining har bir mijozi cheksiz miqdordagi savdo hisob-varaqlarini ro'yxatga olishi va ulardan PAMM-tizimda PAMM-Treyder yoki PAMM-Investor rolida foydalanishi mumkin.
PAMM-tizimning muhim xossasi PAMM-investorning mablag'larini Boshqaruvchi Treyderlarning PAMM hisob-varaqlariga investitsiyalash xavflarini diversifikatsiyalash imkoniyati hisoblanadi, bu esa zarar ko'rish xavflarini jiddiy ravishda pasaytiradi.
InstaForeks kompaniyasi PAMM-Treyderlar uchun tizimda noyob yangilikni nazarda tutgan: turli Investorlardan kiritiladigan investitsiyalarni bitta PAMM hisob-varag'iga qabul qilish, bunday yo'l shu vaqtgacha dunyodagi hech bir brokerlik kompaniyasi tomonidan taklif etilmagan. Mablag'larni qayta hisoblashning noyob texnologiyasi - kompaniya menejmenti ishlanmasi va kompaniyamiz dasturchilarining bir yillik mehnati samarasidir.
InstaForeks kompaniyasi PAMM hisob-varaqlari tizimi bugungi kunda Boshqaruvchi Treyderlar va Investorlar uchun o'z imkoniyatlariga ko'ra eng yaxshi tizim hisoblanadi, ammo PAMM hisob-varaqlari tizimining servislari va imkoniyatlarini yaxshilash ishi bir soniya ham to'xtab qolmaydi, bu esa bizga InstaForeks mijozlari uchun servis va ishonchlilikning eng yuqori standartlarini kafolatlashga imkon beradi.
Savol: PAMM hisob-varag'ida investitsiya qilingan mablag'lardan yo'qotishlar xavfi investorlar va boshqaruvchi treyder o'rtasida qanday taqsimlanadi?
Javob: Yuqorida aytib o'tganimdek, PAMM hisob-varag'i - moliya bozorlarida ishlash uchun alohida savo hisob-varag'i bo'lib, uning yordamida boshqaruvchi faqat o'z kapitalinigina emas, balki investorlarning yig'indi kapitalini ham boshqaradi. Bunda PAMM hisob-varag'idan mablag'lar boshqaruvchi treyderning hisob-varag'iga o'tkazilmaydi, chunki bu hisob varag'i ishonuvchilarga tegishli, lekin undagi barcha savdo operatsiyalarini pul mablag'larini echib olish huquqisiz boshqaruvchi amalga oshiradi. Bunda barcha bozor xavflarini ishonchli-investorlar o'z zimmalariga oladi.
Mohiyatiga ko'ra, PAMM hisob-varag'i bir necha investorning birlashgan mulgini ishonchli boshqarish shakllaridan biri hisoblanadi. Bizning InstaForeks kompaniyamiz ulushli hisobni amalga oshiradi, u barcha ishonchli vakillarga bir xil huquqni ta'minlaydi va istagan paytda ularning har biriga alohida tegishli bo'lgan umumiy mulkning qismini ajratib berishga imkon beradi. Odatda savd davri tugagandan so'ng PAMM hisob-varag'ida olingan foyda ishtirokchilar o'rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi, boshqaruvchi treyder esa o'z faoliyati uchun shartnomada kelishilgan mablag'ni oladi.
Bugungi kunda InstaForeks kompaniyasidan PAMM hisob-varalar tizimi - bu o'z mablag'laringizni boshqa treyderlarning bitimlariga biror cheklashlarsiz investitsiyaning minimal yoki maksimal miqdoriga investitsiya qilishning ishonchli usulidir: har bir investitsiya kiritish real vaqt rejimida bir mingdan to yuzlab ming dollargacha miqdorda amalga oshirilishi mumkin.
Savol: Rossiya qonunchiligi nuqtai-nazaridan ishonchli boshqaruv o'z-o'zidan litsenziyalanadi. Undan tashqari investorlarning mablag'lari kredit elkasi bilan savdo qilishda foydalanilishi mumkin emas, chunki u ortganda investitsion kaptalni yo'qotish xavflari ham ortadi. Aytingchi, Sizning kompaniyangiz ana shunday cheklanishlar munosabati bilan invetor va boshqaruvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni qanday tartibga soladi?
Javob: RFning qonulariga muvofiq ishonchli boshqaruvni tegili litsenziyaga ega bo'lgan provessional boshqaruvchi amalga oshirish huquqiga ega. Boshqaruvchiga qonunda boshqaruvda bo'lgan mulk kafilligi ostida biror kredit jalb qilish, shu jumladan marjinal savdo mexanizmlaridan foydalanib jalb qilish taqiqlangan. Odatda PAMM hisob-varaqlarini taqdim etuvchi kompaniyalar ishonchli vakillarni Qonunning bu normalari to'g'risida hatto xabardor ham qilishmaydi... undan tashqari o'zlarini ham brokerlik litsenziyalariga ega emaslar. Biroq, InstaForeks kompaniyasi, ishonchi boshqaruv xizmatlarining ko'rsatishga rasmiy imkoniyati mavjud, bu Rossiya Federatsiyasining Moliya bozorlari bo'yicha Federal xizmati tomonidan brokerlik va dilerlik faoliyatiga berilgan litsenziyalarning borligi bilan tasdiqlangan.
Savol: Investor, treyder va Sizning kompaniyangiz o'rtasidagi munosabatlar qay tarzda tartibga solinadi?
Javob: Mazkur munosabatlar uch tomonlama bitim-oferta shartnomasi bilan tartibga solinadi va unda mufassalal tavsiflangan. Shartnoma bizning InstaForeks kompaniyamiz va ikkita mijozlarimiz tomonidan aktseptlangan, mijozlardan biri kelajakda foyda olish maqsadida va mablag'larni yo'qotib qo'yish xavfini tushungan holda mablag'larini kompaniyaning boshqa mijozlari hisob-varaqlariga investitsiyalash istagida yoki nazarda tutmoqda., ikkinchi mijoz esa Kompaniyaning boshqa mijozlaridan kelgusida investitsiyalar olish istagida yoki imkoniyatni nazarda tutmoqda. Bundan tashqari mazkur uch tomonlama bitim doirasida InstaForeks kompaniyasi o'z zimmasiga qo'shimcha huquq va majburiyatlarni oladi, bular savdo hisob-varag'ini ochishda aktseptlanadigan mijozlar shartnomasida tavsiflangan huquq va majburiyatlar bilan qo'shiladi.
Savol: Kompaniyangizning PAMM-tizimining boshqaruvchi treyder va investor uchun asosiy afzalliklari qanday?
Javob: Boshqaruvchining asosiy afzalliklariiga quyidagilarni kiritgan bo'lar edim:
Investorlarning afzalliklari ham ravshandir:
Savol: Qo'yilgan mablag'larning butligi uchun kim javobgar, va boshqaruvchi treyder biror tarzda investorning pullarini suiste'mol qilishi mumkinmi?
Javob: InstaForeks kompaniyasidan PAMM hisob-varaqlari - bu pul mablag'larini jamoa bo'lib investitsiya qilish vositasidir. InstaForeks kompaniyasining har bir mijozi boshqa treyderlardan investitsiya qabul qilib olishi yoki o'z mablag'larini begoga hisob varag'iga bu hisob-varag'ida ulushga ega bo'lib, unga investitsiya qlishi mumkin. Investorlar Boshvaruvchi treyder amalga oshiradigan bitimlardan ko'zda tutiladigan foydaning bir qismini olish maqsadida Boshqaruvchi treyderning hisob-varaqlariga o'z mablag'larini investitsiya qilish uchun PAMM hisob-varaqlar tizimidan foydalanadilar. Investitsiya kiritish jarayoni Investor hisob-varag'idan Boshqaruvchi Treyderning hisob-varag'iga mablag'larni o'tkazishni kompaniya tomonidan nazorat qilinishini o'z ichiga oladi, shundan so'ng Investor o'zi kiritgan mablag'ga mutanosib ravishda Boshqaruvchi Treyder hisob-varag'ida ulush egasiga aylanadi. Investorning mablag'lari Boshqaruvchi Treyder tomonidan echib olinishidan to'liq himoyalangan, chunki Boqaruvchi Treyder faqat shaxsiy mablag'larining PAMM hisob-varag'idagi qisminigina, ya'ni bitimlarda ishlatilmagan qisminigina echib ola oladi.
Kompaniyamizning PAMM hisob-varaqlari tizimi uning barcha ishtirokchilariga avtomatik tarzda barcha operatsiyalar, ulushlar va foydalarni hisobga olishni nazorat qilishni ta'minlaydi. Boshqaruvchi Treyderning aynan bitta hisob-varag'i cheksiz odamlardan cheksiz hajmlarda cheksiz miqdordagi investitsiyalarni qabul qilib olishi mumkin.
Jurnalning navbatdagi sonida biz Sizlarga InstaForeks kompaniyasining PAMM-tizimining faoliyat yuritishining asosiy tamoyillari to'g'risida so'zlab beramiz. MasterForex-V xalqaro akademiyasining professional treyderlari mazkur intervyuda gapirib o'tilmagan barcha mumkin bo'lgan axborotni Siz bilan o'rtoqlashish uchun pamming tizimiga boshgacha kirib ketib ma'lum vaqtga ham investor, ham treyder bo'lishadi.
"Birja etakchisi" jurnali, 2010 yil, 12-son
Orqaga