Shuningdek qarang
"Janubdagi uch yulduz" — buqa buriluvchi modeli, u pasayuvchi trendning asta-sekin susayishini ko'rsatadi, chunki kun bo'yi narxning harakati borgan sari kamayib boradi, minimal kunlik narxlar esa borgan sari yuqorilab boradi. Mazkur figura uchun kritik muhim payt birinchi kunning uzun pastki soyasi hisoblanadi, chunki bu xaridorlar tomonidan qiziqish ortishining birinchi belgisidir. Keyingi ortishning birinchi belgisidir.
Keyingi kun ochilish narxi doim yuqori bo'ladi, keyin narxlar pasayadi, ammo avvalgi kundagi minimal darajadan yuqori bo'lib qoladi. Ikkinchi kun ham o'z minimumidan yuqorida yopiladi. Uchinchi kun - bu "Qora maribozu", u avvalgi kunning savdo oralig'ida yutiladi.
1. Birinchi kun — uzun quyi soyasi bo'shgan uzun qora tana. "To'qmoq" modeliga o'xshash.
2. Ikkinchi kun birinchi kun kabi shaklga ega, ammo u kichik. Ikkinchi kun minimumi avvalgi kun minimumidan yuqori.
3. Uchinchi kun — "Kichkina qora maribozu", uning ochilishi va yopilishi avvalgi kunning savdo diapazoni ichida yuz beradi.
Yangi minimum tug'ilgandan so'ng savdo kunining kunduzgi minimumidan yuqori darajada yopilishga olib kelganda bu pasayuvchi trendning mavjudligidan dalolat beradi. Qisqa pozitsiyalarga ega bo'lgan bozor ishtirokchilari biroz xavotirlanishadi, chunki vaziyat shu paytgacha namoyon bo'lmagan xaridorlik kuchlarini ko'rsatadi.
Keyingi savdo kuni yuqorida ochiladi, bu esa uzun poztsiyali ayrim o'yinchilarga ularni yopish imkonini beradi. Bunda yopilish narxi kunduzgi maksimum bo'lib qoladi.Savdo ancha past darajada, ammo bir kun avvalgidan yuqoriroq darajada olib boriladi, bu esa sessiyaning uning minimumi ustida yakunlashga olib keladi.
Endi ayiqlar ancha yuqori minimum munosabati bilan xavotirga tushishadi. Oxirgi sham - bu narxning juda kam harakatli qat'iyatsizlik kuni. Qisqa pozitsiyalari bo'lgan har bir kishi narxlarning bundan buyon o'sishini ko'rishni istamaydi.
Bu modelning oxirgi savdo kuni uncha katta bo'lmagan soyalarga ega bo'lishi mumkin edi, ammo bu natijada kuchli aks etmaydi. Eng muhim payti shundan iboratki, bunda har bir keyingi kun avvalgi kunning savdo diapazoni bilan yutiladi.
"Janubdagi uchta yulduz" modeli odatda ayiq xususiyatiga ega bo'lgan uzun qora shamga keltiriladi. Bunday ziddiyat tufayli modelning tasdiqlashini kutish tavsiya etiladi.
"Janubdagi uchta yulduz" "Uchta qora qarg'a"ga o'xshashligi bor, ammo bu yerda kunduzgi minimumlarning izchil pasayishi kuzatilmaydi, oxirgi kun tanasi esa uzun bo'ladi. Model buqa xususiyatiga ega bo'ladi, bu paytda "Uchta qora qarg'a" bu ayiq modeli.