empty
 
 

Teshuvchi shamni tanib olish qoidalari:

  • qora sham uzun tanaga ega, pasaytiruvchi trendni davom ettiradi;
  • oq sham kundagi minimal narxdan ya'ni avvalgi shamdan pastroqda ochiladi;
  • oq sham qora shamning tanasi ichida, lekin narx diapazonining o'rtacha nuchtasidan yuqorida yopiladi.

Modelning psixologiyasi va moslashuvchanligi

Qora jism pastga tushuvchi trendda bozorning hususiyatini qo'llab-quvvatlagan holda shakllanadi. Keyingi shamning shakllanishida pastga qarab narxning uzilishi trendning pasayuvchi xususiyatini mustahkamlaydi. Bunda shu kuni bozorda narx doimiy ravishda ortadi, modelning oq shami esa qora shamdan ancha yuqorida yopiladi.

Oq sham avvalgi qora shamdan narx diapazoni o'rtacha nuqtasidan biroz yuqoriroqda yopilish narxini belgilaydi. Bu pastga tushish tendensiyasi tubiga etgani to'g'risida dalolat beradi.

Ikkinchi oq sham oldingi qora shamning narx diapazoni o'rtacha nuqtasidan biroz yuqoriroqda albatta yopilishi kerak. Agar bunday hol yuz bermasa, u holda buqa bozorining xususiyati to'g'risidga tasdiqlovchi signalni kutish kerak.

Modelning shakl almashtirishi

Tahlil qilishda, "Teshuvchi sham" burilib qaytish modeli "molot" va "qog'ozli soyabon"ga keltiriladi, ular bozorning burilishi to'g'risida signal beradi. Modelning yagona shamga keltirilishi teshuvchi shamning buqalik xususiyatini qo'llab-quvvatlaydi.

Teshuvchi sham shuningdek "turtki", "bo'yin chizig'idagi" va "bo'yin chizig'i yaqinidagi" sham modellari kabi davom etishning shunday modellari uchun bo'lib hisoblanadi.

Teshuvchi sham (Kirikomi)

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.