Shuningdek qarang
"Katta sakrash" yapon shamlari modeli ham buqa, ham ayiq modeli bo`lishi mumkin, tasdiqlanishni talab etmaydi. Grafikdagi figura shamlarning bo`linish modeliga o`xshaydi. Bu modellarning farqli tomoni shundaki, "Katta sakrash" modelida narxlarning ochilishi tengligi bo`linish darajasida sezilarli.
Buqa turidagi "Katta sakrash" modeli - bu qora maribozu (tomonlarining birida soyasiz bo`lgan uzun qora tana) undan keyin oq maribozu keladi (tomonlarining birida soyasiz bo`lgan uzun oq tana).
Ayiq turidagi "Katta sakrash" modeli - bu oq maribozu, undan so`ng qora maribozu keladi.
Yapon tahlilchilarining fikriga ko`ra narx trendiga bog`liq bo`lmagan holda narxlar har doim uzunroq sham tomoniga harakatlanadilar. Shuni ta`kidalash kerakki, mazkur modelda boshqa yapon shamlari figuralaridan farqli trendning yo`nalishi katta qiymatga ega emas.
1. Bir rangdagi maribozudan so`ng boshqa rangdagi maribozu keladi.
2. Ikki kun orasida uzilish kuzatiladi.
Bozorda trend kuzatildi, keyingi kun narxning uzilishi paydo bo`ldi. Kun davomida narxlar avvalgi kun diapzonigacha tushmadi, lekin keyin yana bitta uzilish bilan yopildi.
"Katta sakrash" modeli qandaydir bir moslashuvchanlikni nazarda tutmaydi. Kunlar orasida uzilish mavjud bo`lgan holatda shamlarning bo`linishi modeli yoki davom etish modeli shakllanadi.
Buqa modeli uzun oq shamga shakl almashadi, lekin buqa shami deb qaraladi.
Ayiq modeli uzun qora shamga o`zgaradi, lekin ayiq shami deb qaraladi..
O`xshash model sifatida shamlarni bo`linish modelini qarash mumkin. U uzilishlarning mavjud emasligi bilan farqlanadi, shuningdek u davom etish modeli hisoblanadi.