empty
 
 

"Xarami" yapon tilidan tarjima qilinganda "homiladorlik"ni yoki "ichida joylashgan tana" ma'nosini anglatadi. Xarami modelidagi jismlar, yutilish modelidagi kabi qarama-qarshi ranglarga ega.

Pastga tushuvchi tendensiyadan so'ng Xaramining paydo bo'lishi trending susayayotganini, uzoq muddatli ko'tariluvchi tendensiyadan so'ng uchida Xaramining paydo bo'lishi esa trendning susayayotganini va burilish yuz berishi yetilayotganini anglatadi. Xarami modelida kichik shamning rangi ma'noga ega emas. Biroq savdo qarorlarini qabul qilishda kichik shamning oldingi uzun shamning tanasiga nisbatan joylashishini hisobga olish zarur, chunki uning holati figuraning muhimligiga ta'sir ko'rsatadi.

Xarami modeli ikki xil turda bo'ladi - ayiq va buqa

Xaramining buqa varianti paydo bo'lganda katta sham tanasi guyoki kichigining tanasini yutib ketgandek bo'ladi. Bu holat trend ko'tariluvchiga almashishi mumkinligidan dalolat beradi va pozitsiyani xarid qilishga ochishdan ma'no bor bo'ladi.

Xaramining ayiq modeli bilan bo'ladigan holatda trendning burilishi pasayuvchiga almashinadi va pozitsiyani sotishga ochish imkoniyati paydo bo'ladi.

Ayiq Xarami patterni
Ayiq Xarami patterni
Buqa Xarami patterni
Buqa Xarami patterni

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.