Shuningdek qarang
Yevro Indeksi — bu jahondagi beshta asosiy valyutalar (USD, GBP, JPY, CHF va SEK) kurslarining Yevroga nisbatan o'zgarishining o'rtacha ko'rsatkichi. Yevro indeksi 2006 yil 13 yanvarda kiritilgan, NYBOT birjasida kotirovka qilinadi. Yevro Indeksi xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari uchun yagon yevropa valyutasining joriy qiymati "etaloni" bo'lib hisoblanadi.
EURx = 34.38805726*EURUSD^(0,3155)*EURGBP^(0.3056)*EUR/JPY^(0.1891)*EURCHF^(0.1113)*EURSEK^(0.0785)
EURindex kompyuter indikatori Forex bozorining asosiy valyuta juftliklarida narxlarni o'zgarishi bilan kuzatiladigan Yevro Indeksidagi narx o'zgarishlarini yaqqol aniqlashga imkon beradi.
Savdoda Yevro Indeksi MetaTrader uchun indikatorni amaliy qo'llanish nuqtai nazaridan (EUR/USD juftligi kabi, valyuta bozorining boshqa aktivlarini ham), indikatordan foydalanishning ikki yo'nalishini ajratish mumkin: indikator chizig'ining o'rtacha sirpanuvchi narx qiymatlari bilan kesishish va indikatorning narx bilan divergensiyasini aniqlash.