empty
 
 

Hisoblash formulasi

Smoothed AM = 100*(EMA[Close,EmaPer] / SMA[Close,2*MomPer+1] -1), bu yerda


EmaPer = EMAning silliqlanish davri {SmoothPeriod}

MomPer = Momentum davri {MomPeriod}

Savdoda qo'llanilishi

Savdoda Anchored Momentum texnik indikatoridan foydalanishning asosiy uslubi (ko'pchilik ossillyatorlar holidagi kabi) uning chizig'i 0 darajani pastdan yuqoriga tomon kesib o'tgandagi vaziyatda xaridlarni ochish hisoblanadi. Va aksincha, agar narx chizig'i 0 darajani yuqoridan pastga tomon kesib o'tganda mazkur holat sotuvlar uchun mos vaziyat hisoblanadi. Shuning uchun mazkur indikatordan bozorga kirish imkoniyatlarini izlash uchun foydalanish, chiqishda esa — boshqa tizim va indikatorlar signallaridan foydalanish hammadan ko'ra ma'qulroqdir.

Anchored Momentum indikatorining nol darajani kesib o'tishidan tashqari narxning harakatida va indikator harakatida farqlar kuzatiladigan holatlarni tekshirish muhimdir. Agar narx pasaysa-yu, Anchored Momentum indikatori bu vaqtda 0 darajadan pastdan yuqoriga ko'ratuvchi yo'nalishni shakllantirsa, u holda tez orada narx o'zgarishi mumkin. Narx ko'tarilib, indikator chizig'i esa pasayib boradigan holatda "divergentsiya" signali doirasida narxning bundan keyin pasayishi ehtimoli yuqoridir.

Yolg'on signallarning umumiy miqdorini kamaytirish uchun mazkur indikatorning muallifi shuningdek 0 daraja atrofida ma'lum bir bufer hududidan ham foydalanishni taklif etadi. Bunday hudud mos ravishda -0.2 dan 0.2 gacha bo'lgan chegaralarda joylashishi mumkin, bunday signal sifatida nol darajani indikator chizig'i kesib o'tishi emas, balki chizizning bufer hududi chegaralaridan tashqariga chiqishi hisoblanadi. Bunday yondashuv bitimlarning umumiy miqdorini kamaytiradi va natijadorlikka ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Anchored Momentum

InstaForeks Anchored Momentum indikatorining paramertlari

MomPeriod = 11

SmoothPeriod = 6

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.